Jahon | 19:54 / 31.07.2023
15222
2 daqiqa o‘qiladi

Dembele va «PSJ» o‘rtasidagi kelishuv tasdiqlandi. «Barsa» oldida ikki yo‘l qoldi

Usmon Dembele yangi mavsumni Fransiya chempionatida boshlashi kutilmoqda.

Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, «PSJ» va Dembele o‘rtasida 30 iyul, yakshanba kuni 5 yillik shartnoma imzolangani tasdiqlangan.

Fransiyalik futbolchining agenti Mussa Sissoko La Ligadan Dembelening «PSJ»ga o‘tishini tezroq rasmiylashtirishni so‘ragan. Sababi, futbolchi va Kataloniya klubi o‘rtasidagi kelishuv shartlariga binoan, Dembelening klubdan 50 million yevro tovon puli evaziga tark etish sharti 31 iyul kuni soat 23:59gacha amal qiladi.

«Barselona» oldida ikki yo‘l qoldi – 50 million yevro tovon puli taklifini qabul qilish yoki Dembele bilan bir yildan keyin erkin agent sifatida xayrlashish. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta «PSJ» rahbariyatining taklifidan norozi bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi Parij klubiga ko‘chib o‘tishni istamoqda.

Qayd etish joiz, Dembele va «Barsa» o‘rtasidagi o‘tgan yilgi shartnomaga binoan, 50 million yevrolik tovon pulining faqat yarmi klub hisob raqamiga o‘tkaziladi, qolgan 25 mln yevroga Usmon egalik qiladi.
 
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli vinger 2017 yil «Borussiya»dan «Barsa»ga 105 mln yevro evaziga o‘tgandi. Tomonlar 2022 yilda kelishuvni 2 yilga uzaytirgandi.

Mavzuga oid