Jahon | 22:22 / 01.08.2023
13434
1 daqiqa o‘qiladi

Eron anomal issiq tufayli umummilliy dam olish kunlarini e’lon qildi 

Ob-havo sharoiti o‘ta issiq bo‘lishi sababli eronliklar yaqin chorshanba va payshanba kunlari dam olishadi. 

Foto: AFP

Eron hukumati 2-3 avgustni g‘ayritabiiy issiqlik tufayli dam olish kunlari deb e’lon qildi. 

«Davlat idoralari, banklar va maktablarni chorshanba va payshanba kunlari vaqtincha yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqori harorat tufayli issiqlik urishi holatlari ko‘payishi mumkinligi haqida hukumatni ogohlantirdi», deb xabar berdi Al-Arabiya. 

Qayd qilinishicha, so‘nggi kunlarda mamlakatda havo 40 darajagacha qizimoqda. Tehronda 1 avgust kuni termometr ko‘rsatkichi 38 darajaga, janubi-g‘arbdagi Ahvoz shahrida esa 50 darajaga ko‘tarilgan. Ob-havo prognozlariga ko‘ra, yaqin uch kun ichida Tehronda havo harorati 39 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Avvalroq, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo «global isish davridan global qaynash davriga» o‘tganini e’lon qilgan edi.

Mavzuga oid