O‘zbekiston | 09:44 / 02.08.2023
3213
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda iyul oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.

2023 yil iyul oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Toshkent shahri – 29 000 so‘m;
Samarqand viloyati – 25 200 so‘m;    
Surxondaryo viloyati – 25 000 so‘m;    
Qashqadaryo viloyati – 24 800 so‘m;     
Buxoro viloyati – 24 600 so‘m;     
Jizzax viloyati –23 200 so‘m;    
Sirdaryo viloyati – 23 200 so‘m;    
Xorazm viloyati – 22 800 so‘m;
Andijon viloyati – 22 400 so‘m;    
Toshkent viloyati – 21 800 so‘m;   
Qoraqalpog‘iston R. – 20 800 so‘m;    
Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;     
Namangan viloyati – 19 800 so‘m;    
Farg‘ona viloyati – 19 200 so‘m.

Mavzuga oid