O‘zbekiston | 21:05 / 05.08.2023
56145
2 daqiqa o‘qiladi

Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

2023/2024-o‘quv yilida kollejlarga 41 330 ta, texnikumlarga 68 216 ta qabul kvotasi belgilandi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 109 546 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

Shundan:

- 123 ta kollej uchun — 41 ming 330 ta;

- 216 ta texnikum uchun — 68 ming 216 ta.

Kollejlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi 19 814 ta etib belgilandi.

Shundan:

- davlat granti asosida — 9 815 ta;

- to‘lov-kontrakt asosida — 9 999 ta.

Kollejlarga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi 15 953 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kollejlarga kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 462 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kollejlarga dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 5 101 ta etib belgilandi.

Shundan:

- davlat granti asosida —1 174 ta;

- to‘lov-kontrakt asosida — 3 927 ta.

Texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 49 024 ta etib belgilandi.

Shundan:

- davlat granti asosida — 20 615 ta;

- to‘lov-kontrakt asosida — 28 409 ta.

Texnikumlarga sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 14 425 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikumlarga kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 120 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikumlarga dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 3 588 ta etib belgilandi.

Shundan:

- davlat granti asosida — 1 694 ta;

- to‘lov-kontrakt asosida — 1 894 ta.

Mavzuga oid