O‘zbekiston | 16:05 / 05.08.2023
24404
9 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sifatsiz quyosh panellarining elektr stansiyalarga ta’siri qanday? Sifatli quyosh panellari tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

So‘nggi yillarda, mamlakatimizda olib borilayotgan xukumat siyosati va ko‘plab elektr uzilishlari kuzatilayotgani tufayli quyosh panellariga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshib bormoqda. 

Shu bilan birgalikda, quyosh fotoelektr stansiyalarining sifatiga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi bu fotovoltaik modullar bo‘lib, ularni quyosh elektr stansiyalarining eng muhim qismi deb hisoblash mumkin.

Ikkinchidan, fotoelektr stansiyalarini loyihalash jarayoni, shuningdek, asbob-uskunalarni qurish va o‘rnatish jarayonlari fotoelektr stansiyalarining sifatiga bir xil darajada katta ta’sir ko‘rsatadi;

Shuningdek, quyosh elektr stansiyalarini qurish va ularga servis xizmati ko‘rsatish ham ushbu sifatga ta’sir qiluvchi muhim omillardir.

Shunday qilib, PV modullarining sifati quyosh elektr stansiyasining energiya ishlab chiqarish quvvatiga bevosita ta’sir qiladi deb aytish mumkin, bu esa elektr stansiyasining quvvat ishlab chiqarish hajmi pasayib ketishiga olib keladi.

Shu bilan birga, elektr stansiyalarida xavfsizlik muammolarini keltirib chiqarishi ham mumkin.

2022 yil iyun oyida AQShning Prins Jorj okrugidagi sanoat binosi tomida yong‘in sodir bo‘lgan va voqea joyidan quyuq tutun ko‘tarilgan edi. Mahalliy o‘t o‘chirish brigadasi tomonidan o‘tkazilgan tahlildan so‘ng, yong‘inga katta ehtimol bilan quyosh panellari yonishi sabab bo‘lgani aniqlandi.

Quyosh panellari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan va sertifikatlangan, shuning uchun mahsulot sifati yuqori bo‘lishi kerak emasmi degan savol tug‘ilishi mumkin.

Agar yo‘q bo‘lsa, keling, sifatsiz quyosh panellarining teplovizorda olingan fotosuratlarini ko‘rib chiqamiz.

Xatolarning ta’siri:

1) Ichki kontaktlarning zanglashi keyinchalik katta zararlar olib keladi;

2) Haddan tashqari yuqori harorat materialining yaroqlilik muddatini keskin pasaytiradi;

3) Mahalliy qizib ketish shishada paydo bo‘lishiga olib keladi;

4) Butun elektr stansiyasining butunlay yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 Xatoliklarning sababi:

1) Yashirin yoriqlar kabi kremniy gofret hujayralaridagi nuqson va yoriqlar.

2) Panellarni o‘rnatgandan so‘ng quyosh nurlarini blokirovka qiluvchi soyalar.

3) Modullarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq sabablar.

Agarda quyosh panellarida ko‘rinmas mayda yoriqlar mavjud bo‘lsa, quyosh stansiyasi ishlash vaqtida ushbu modullar qattiq qizib ketishiga olib keladi.

Sifatli quyosh panellari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar har bir modullarni sotuvga chiqarishdan oldin «EL» testidan o‘tkazishadi.

Agar modullarda ko‘rinmas mayda siniq chiziqlar bo‘lsa ushbu «EL» testi o‘tkazmaydi, va sifatsiz quyosh panellari ishlab chiqarish maydonidan sotuvga chiqarilmaydi.

Quyosh panellarining «EL» sinovi modullardagi ichki nuqsonlarni aniqlash uchun elektroluminesans tamoyilidan foydalanadigan loyihadir.

Odamlar tananing ichki holatini ko‘rish uchun "rentgen" qilishlari kerak bo‘lganidek, fotovoltaik modullar ichida nuqsonlar mavjudligini aniq ko‘rish uchun «EL» testiga muhtoj.

Quyidagi rasmda «EL» test jarayonida nuqsonli modul tasviri ko‘rsatilgan.

Fotovoltaik modullar fotoelektrik tizimlarning asosiy komponentlari bo‘lib, ularning sifati fotovoltaik tizimlarning energiya ishlab chiqarish va xizmat qilish muddatiga ta’sir qiladi. Quyosh fotoelekr stansiyalarida sifatsiz PV modullari o‘rnatish, elektr stansiyasining elektr ishlab chiqarish qobiliyati kutilganidak bo‘lmaydi yoki undan-da yomoni quyosh elektr stansiyasining butunlay yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

“Chanqoq kelganida quduq qazigandan ko‘ra, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan afzal” deganlaridek.

Fotovoltaik elektr stansiyalarining sifati elektr ishlab chiqarish quvvati stabil bo‘lishini ta’minlab beradi.

Katta va yetakchi kompaniyalarning original komponentlarini tanlash elektr stansiyalarining ishonchliligini kafolatlab beradi.

Shuning uchun, modullarni tanlashda, hamma narsa quyosh paneli yetkazib beruvchisi kompaniya yetakchi, sifatli va ishonchli ekaniga bog‘liq.

Quyosh panellarini tanlashda nimalarga e’tibor berishimiz kerak?

1. Qalbaki va sifatsiz mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling

Hozirgi bozor turli xil sifatsiz tovarlarga to‘la, masalan, materiallarni tejash, ikkinchi qo‘l mahsulotlarni qayta sotish, noto‘g‘ri quvvat ko‘rsatkichlari, soxta ishlab chiqaruvchilar savdosi va qalbaki brendlar, bu nafaqat iste’molchilarni chalg‘itadi, balki xizmat muddati kamayishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

● Ba’zi sotuvchilar «A» sinfidagi quyosh panellarini sotish uchun arzon narxlardagi ikkilamchi modullardan foydalanadi, bu esa xaridorlarning manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi va fotovoltaik elektr stansiyalarining xavfsizligiga yashirin xavf tug‘diradi.

● Noto‘g‘ri standart quvvat 450 Vt sifatida ko‘rsatilgan, ammo haqiqiy quvvat hatto 400 Vtga ham etmasligi mumkin; ishlab chiqarish xarajatlarini tejash uchun iste’molchilar yorilib ketgan yoki chipli hujayra elementlari bilan aldashadi.

● Soxta modullar: Ba’zi kichik ishlab chiqaruvchilar sotilishi qiyin bo‘lgan quyosh panellarini ishlab chiqaradi, shuning uchun ular yuqori darajadagi brendlar sifatida etiketlanadi va noprofessional iste’molchilarni chalg‘itish uchun firibgarlik yo‘li bilan sotiladi.

● Modulni nusxalash: Fotovoltaik bozor texnologiyasi juda tez yangilanadi. Yirik korxonalarning ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarini doimiy ravishda takomillashtirish orqali ko‘plab eskirgan quyosh panellari yo‘q qilinmoqda. Ba’zi vijdonsiz sotuvchilar iste’molchilarni shu yo‘l bilan aldash va yuqori daromad olish uchun ushbu chiqarib tashlangan modullarni arzon narxlarda sotib oladi va tizim identifikatsiya kodlari hamda yangi mahsulot yorlig‘ini o‘rnatadi.

Yuqoridagi sifatsiz quyosh panellari quvvat va boshqa ma’lumotlar nuqtai nazaridan noto‘g‘ri bo‘lib, ayrim holatlarda tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarga olib keladi. Mijozlarning soddaligidan foydalangan holda, sifatsiz kichik kompaniyalar ularni ataylab yo‘ldan ozdirib, bu hiyla-nayranglarni buyurtmachidan bexabar ishlatib, ayrim holatlarda qayta ishlatilgan ikkilamchi mahsulotlar ham uchrab turadi.

Hozirgi vaqtda kontrafakt va past sifatli mahsulotlarning oldini olish uchun ko‘plab fotovoltaik modul ishlab chiqaruvchi katta kompaniyalar o‘z mahsulotlariga shtrix kodlarini o‘rnatdi, bu esa kuzatuv kanallarini ta’minlaydi. Shtrix-kodlar modullarni qadoqlashdan oldin mahsulotlarga bosiladi va ularni almashtirib bo‘lmaydi, shuning uchun ular kontrafaktga qarshi yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

2. Past darajali va «A» toifali mahsulotlar o‘rtasidagi farqqa e’tibor bering!

Quyosh PV modullari asosan «A», «B» va «C» toifali panellariga bo‘linadi. «A» sinfidagi quyosh panellari eng yaxshisi, «B» sinfidagi quyosh panellari biroz yomonroq va «C» sinfidagi quyosh panellari qayta ishlangan panellar, umuman olganda, yangilangan eski quyosh panellari desak ham bo‘ladi.

 «A» sinfidagi quyosh panellari ikkita sinfga, «A» va «A»ga, shuningdek, «B» sinfiga bo‘lish mumkin.

«A» sinfidagi mahsulotlar sifat kafolati va sotishdan keyingi xizmatga ega. Odatda, ishlab chiqaruvchi 25-30 yillik ishlash kafolatini beradi. B toifasidagi mahsulotlar esa kafolatlanmaydi va foydalanuvchilar faqat ko‘ngilsizlika uchrashadi va ushbu holatlarda zararni o‘zlari qoplashadi.

Shuning uchun, quyosh panellarini tanlashda mijozlar birinchi navbatda sinalgan va ishonchli ishlab chiqaruvchilarning modullarini ko‘rib chiqishlari va panellarni ishlab chiqaruvchi tomonidan sertifikatlangan mahalliy rasmiy dilerlar orqali sotib olishlari kerak, shunda modullarning sifati nafaqat kafolatlanishi, balki sotib olingandan keyingi servis ham kafolatlanadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid