Sport | 11:35 / 07.08.2023
25188
2 daqiqa o‘qiladi

12 yillik tarix yangilandi: O‘zbek dzyudochisi yana «Masters» turnirining g‘olibiga aylandi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Vengriya mezbonlik qilayotgan «Masters» turniridagi ishtirokini yakunladi. 

Budapeshtdagi musobaqalarda Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida g‘alaba qozonib, o‘zbek dzyudosi uchun 12 yil kutilgan oltin medalni taqdim etdi.

Musobaqani ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Lukash Krpalek ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan To‘raboyev chempionlik yo‘lida Sheydi Elnaxas (Kanada), Mixael Korrel (Niderlandiya), Boyan Dosen (Serbiya) va Peter Paltchik (Isroil) kabi sportchilarni dog‘da qoldirdi. 

Shuningdek, -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Davlat Bobonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga To‘raboyev 1800, Bobonov 900 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

MOQ rasmiy saytida qayd etilishicha, yilda bir marta o‘tkaziladigan «Masters» musobaqasida so‘nggi marta hamyurtlarimiz orasida Rishod Sobirov 2011 yil g‘alaba qozongandi. Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi jamoasi bu yilgi turnirni bitta oltin va 2ta bronza medali bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.

Mavzuga oid