O‘zbekiston | 14:14 / 09.08.2023
5180
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanishi mumkin

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

Xorazm viloyatida eksperiment tariqasida, kelgusida esa, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlanishi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yilishi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartirilishi;

davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga ko‘p yillik xizmat qilganligi uchun pedagogik stajiga qarab 30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab borilishi mumkin.

Mavzuga oid