6 oyda ilmiy va innovatsion faoliyatga 1,3 mln dollar xorijiy grant mablag‘lari jalb qilindi
Joriy yarim yillikda ilmiy va innovatsion faoliyatga 1,3 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy grant mablag‘lari jalb qilindi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumot berdi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2023 yil I yarim yillik davrida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari hamda muammolarining yechimiga qaratilgan 5 turlarda 27 ta tematik mavzular, 2 ta xalqaro loyihalar va 1 ta olima ayollar tanlovlari e’lon qilindi.
Shuningdek, umumiy qiymati 150,15 mlrd so‘mlik 140 ta xalqaro qo‘shma loyiha Xitoy, Hindiston, Turkiya, Vengriya, Yaponiya va Belarus kabi davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Hisobot davri mobaynida umumiy qiymati 112,1 mlrd so‘mlik 326 ta ishlanma tijoratlashtirildi, shundan 68,33 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 43,78 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.
Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida yoshlar texnoparklari binolari to‘liq bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda Jizzax, Namangan, Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida Yoshlar texnoparklari binolari qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Mavzuga oid
10:50 / 04.12.2024
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonga grant ajratadi
17:34 / 02.12.2024
Sun’iy idrok tadqiqot natijalarini odamlardan yaxshiroq bashorat qilmoqda
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
17:35 / 16.10.2024