O‘zbekiston | 20:33 / 11.08.2023
20323
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinf o‘quvchilari uchun «Prezident sovg‘asi»ni maktablarga yuborish boshlandi 

Uning tarkibi 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat. 

Foto: Kitob tumani hokimligi

2023/2024 o‘quv yilida 1-sinfga borishi rejalashtirilgan 733 mingga yaqin bola uchun «Prezident sovg‘asi»ni hududlarga yetkazish boshlandi. 

Uning tarkibi 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat: o‘quvchi sumkasi, 12 dona daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli qalam, 2 dona oddiy qalam, plastilin, yelim, 2 dona o‘chirg‘ich. 

«Prezident sovg‘asi» 25 avgustga qadar Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi. 

Mavzuga oid