O‘zbekiston | 07:59 / 11.08.2023
4771
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida yetakchiga aylandi

Sabzavotlar yetishtirish hajmi 2,3 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Surxondaryo viloyatida olingan.

Foto: Pixabay

2023 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,3 mln tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 2,3 foizga oshgan.

Sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Surxondaryo viloyati egalladi. Yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (17,7 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, yuqori ulush Andijon (17,5 foiz), Farg‘ona (13,1 foiz) va Toshkent (10,5 foiz) viloyatlarida ham qayd etilgan. 

Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,5 foiz) va Jizzax viloyatida (1,9 foiz) kuzatildi.

Mavzuga oid