O‘zbekiston | 18:28 / 12.08.2023
17648
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda o‘qituvchilarni maktabni tozalashga jalb etgan direktor jazolandi

U ma’muriy jarimaga tortildi.

Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidagi 28-son maktab o‘qituvchilari mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat vazifasi doirasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilingani aniqlandi.

Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi xabar tarqalgach, holatni o‘rganib, o‘qituvchilar maktabni tozalash ishlariga jalb qilinganini aniqlagan.

Shundan so‘ng, maktab direktoriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llangan.

Xabarda maktab direktorining ismi-sharifi va jarima miqdori keltirilmadi.

Mavzuga oid