O‘zbekiston | 19:24 / 15.08.2023
27745
2 daqiqa o‘qiladi
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
Shuningdek, elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish amaliyoti tugatiladi.
«Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- yangi import avtomobillar faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi haqidagi talab bekor qilinadi;
- elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish amaliyoti tugatiladi;
- tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda e’lon berish talabi bekor qilinadi;
- soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Qaror 14 avgust kuni qabul qilindi va kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:06 / 28.07.2023
FVV avtomobilni yong‘indan asrash qoidalari haqida ma’lumot berdi
18:20 / 19.06.2023