Dubay gibrid ish rejimini ma’qul ko‘ruvchilar uchun eng yaxshi shaharga aylandi, Lissabon 5-o‘ringa tushib ketdi
Lissabon shahri o‘tgan yili reyting yetakchisi edi. Shuningdek, reytingdan ilk bor Malaga shahri o‘rin oldi.
Dubay gibrid rejimida (qisman ofis, qisman uydan) ishlaydiganlar uchun eng yaxshi shaharlar reytingida 1-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dubayda gibrid ishchilarni ma’qul ko‘radigan fin-tex kompaniyalari, moliyaviy xizmatlar tez o‘smoqda. Katta xalqaro kompaniyalarda qisqartirishlarga duch kelgan aksariyat ishchilar Dubaydan qo‘nim topmoqda.
O‘tgan yilda ushbu reyting yetakchisi Portugaliya poytaxti Lissabon bo‘lgan. Shahar bu safar 5-o‘rinda qayd etilgan. Bunga asosiy sabab esa uy-joy ijarasining keskin oshib ketganidir.
Ispaniyaning Malaga shahri ilk bor reytingga kirdi va 2-o‘rinda qayd etildi. Ushbu shaharda Google kompaniyasi kiberxavfsizlik jamoasi uchun ofis ochishga qaror qilgan.
Mayami o‘tgan yildagi kabi 3-pog‘onada qayd etilgan. Shahar past foizli soliqlar, pastroq narxdagi uy-joy ijarasi va mashhur plyajlari bilan gibrid ish rejimini xush ko‘radigan xodimlarni o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda.
Reytingning tuzuvchisi, ko‘chmas mulk brokeri Savills gibrid ishchilarning uzoq muddatga boshqa shaharga ko‘chib o‘tishini 20 ta asosiy bozor jozibadorligi bo‘yicha baholagan. Unga ko‘ra, yuqori darajali kadrlarning qisman masofaviy ishga o‘tishi ularni yangi yashash joyini qidirishga undaydi. Bunda esa ular asosan iqlimi iliq sohilbo‘yi shaharlarni, aeroportga yaqin va qulay hududlarni ma’qul ko‘radi. Ko‘chib o‘tishdagi eng asosiy omil uy-joy ijarasining narxi hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, «raqamli ko‘chmanchilar» o‘rtasida mashhur bo‘lgan shaharlarda uy-joy ijarasi oshishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:42 / 20.12.2024
O‘zbekistonlik kadrlarni Chexiyada ishga joylashtirish boshlanadi
12:29 / 18.12.2024
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
15:32 / 09.12.2024