O‘zbekiston | 15:34 / 21.08.2023
9210
1 daqiqa o‘qiladi

Moddiy javobgar bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozim va ishlar ro‘yxati tasdiqlandi 

Ro‘yxatda 26 ta ish turi bo‘yicha 177 ta kasb va lavozim belgilab berildi. 

Foto: Getty Images

Adliya vazirligi tomonidan «To‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro‘yxati» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Ro‘yxatda 26 ta ish turi bo‘yicha 177 ta kasb va lavozim belgilab berilgan. To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Jumladan, unda ombor, g‘azna va boshqa bo‘linmalarda rahbarlik ishlari, farmatsevtika sohasidagi ishlar, muhandis-kimyogarlik ishlari, kassirlik ishlari, mahsulotlarni sotish ishlari bo‘yicha kasb va lavozimlar bor. 

Mehnat kodeksining 343-moddasida to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro‘yxati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan. 

Mavzuga oid