Xitoyda Surxondaryo viloyatining eksport imkoniyatlari va sarmoya salohiyati taqdim etildi
Shuningdek, «Termiz» xalqaro savdo markazi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida biznes-forum tashkil etildi.
Tadbirda Xitoy savdo-sanoat palatalari, yirik kompaniya va tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Forum qatnashchilariga Surxondaryo viloyatining eksport imkoniyatlari hamda sarmoyaviy salohiyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Xitoy kompaniyalarini viloyatning erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqirildi.
Qo‘shni davlatlar bilan samarali savdo, transport va logistika aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida «Termiz» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgani ta’kidlandi. Shuningdek, bu yerda sanoat ishlab chiqarish sohalarida yirik korxonalar tashkil etish uchun 120 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgani aytib o‘tildi.
Forum davomida, shuningdek, «Termiz» xalqaro savdo markazi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbir davomida Surxondaryo viloyati va Xitoyning bir qator yetakchi kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik kelishuvlari imzolangani aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024