O‘zbekiston | 17:16 / 22.08.2023
14220
2 daqiqa o‘qiladi

Hayratlanarli yovvoyi tabiat - Chotqol qo‘riqxonasi | Manzil

«Manzil» loyihasining bu galgi sayohati Toshkent viloyati hududida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi bo‘ldi. 

Qo‘riqxona hududiga Parkent tumani orqali kiriladi. Bu hududda diqqatga sazovor obektlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi S. Azimov nomidagi «Fizika — Quyosh» materialshunoslik institutining «Katta Quyosh pechi» joylashgan. Bu binoga o‘xshash inshoot dunyo davlatlaridan faqat Fransiyada mavjud. 

Qo‘riqxonaga yo‘l olarkanmiz, 20 km atrofida mashinada yo‘l yurib borib, qolgan 80 km yo‘lga otda harakatni boshladik. Yo‘lda Oqsoqota soyining sharsharasini tomosha qildik. Soy bo‘yida tushlik, odamni qo‘rquvga soladigan tik qoyali yo‘lakdan yurish, yo‘l mashaqqatini chekib manzilga yetib bordik. 

Qo‘riqxona hududiga kirib kelishingiz bilan oldingizda inson aralashuvisiz, tegilmagan, o‘z o‘zligicha saqlanib turgan tabiat namoyon bo‘ladi. Oqqayin, baqaterak, turli xil archalar, odam bo‘yi barobarda o‘sib yotgan o‘simliklar odamni o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi. Bularning barini ko‘rsatuv orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uzʼning «Manzil» loyihasi uchun maxsus

Mavzuga oid