O‘zbekiston | 18:09 / 26.08.2023
16746
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ichimlik suvi bilan bog‘liq yirik loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirildi

Qiymati 81 mlrd so‘mlik loyiha to‘liq ishga tushirilgach, 62 ming aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Surxondaryoda Termiz tumani va Termiz shahridagi 15,5 mingta xonadon, 62 ming aholini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun ushbu loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirilib, Termiz tumani markazidagi mahallalarga ichimlik suvi yetkazib berish boshlangan. Shuningdek, “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJning Termiz tumani bo‘limi uchun yangidan bunyod etilgan bino ham foydalanishga topshirilgan. Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, Termiz tumani markazidagi mahallalarda toza ichimlik suvi 20 yildan buyon muammo bo‘lib kelgan. Loyihaning birinchi bosqichi ishga tushishi ortidan ushbu muammo hal bo‘lib, xonadonlarga toza ichimlik suvi yetib borgan.  

Mavzuga oid