O‘zbekiston | 17:00 / 26.08.2023
34149
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tashkent City Mall: Markaziy Osiyo riteyl tarixidagi yangi sahifa

Tashkent City Mall ochilish arafasida. Poytaxt aholisi va mehmonlari yangi savdo-ko‘ngilochar markazidan nimani kutishlari mumkin?

Foto: Tashkent City Mall

Tashkent City Mall – O‘zbekistonda yangi formatdagi ko‘p funksiyali kompleks bo‘lib, ko‘p qavatli tijorat va turar-joy majmuasi, shuningdek premium toifadagi mehmonxonani o‘z ichiga qamrab oladi.

Umumiy maydoni 250 ming kvadrat metrga teng super mintaqaviy formatdagi savdo va ko‘ngilochar markazi loyihaning asosiy qismidir.

Mehmonlar o‘zini qulay his qilishi va unutilmas taassurotlarni olishi uchun maxsus maskan yaratish Tashkent City Mall'ning eng muhim vazifalardan biri bo‘lgan.

Bu borada dunyo bo‘ylab taniqli brendlarning muvozanatli kombinatsiyasi, turli gastronomik va dam olish formatlarini uyg‘unlashtirish markazning asosiy vazifasiga aylangan.

Loyiha konsepsiyasi keng narx diapazonini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, ya’ni o‘rtacha segmentdan boshlab yuqori lyuksgacha – bunday uslub faqat dunyodagi eng nufuzli loyihalarda uchraydi.

Dam olish zonasi 15 ming kvadrat metr maydonni egallab har qanday yosh uchun mo‘ljallangan zamonaviy ko‘ngilochar maskanlarini o‘z ichiga oladi.

Fitnes zonasida sport zallaridan tashqari 2ta basseyn, padel tennis kortlari va olimpiya toifasidagi skalodrom mavjud.

Savdo va ko‘ngilochar markazida dunyoning turli xil taomlari bilan mashhur bo‘lgan 40 ta gastronomik makonlar, shu jumladan, tez ovqatlanish kafelari va ajabtovur restoranlar sizni kutmoqda.

Park va Tashkent City favvoralarining ajoyib manzaralarini ochiq terrasalardan tomosha qilish esa o‘zgacha hissiyotlar yaratadi.

Umuman olganda, 100 ming kvadrat metr tijorat maydonida 250 dan ortiq ijarachilar joylashgan bo‘lib, ularning 70 foizi tijorat shartlarini imzolagan.

Shuni ta’kidlash kerakki, savdo markazida taqdim etilgan brendlarning qariyb 50 foizi birinchi marta O‘zbekiston bozoriga kirishmoqda.

Bularning ichida e’tiborga loyig‘i esa Ispaniyaning Inditex guruhi bilan kelishuvga erishishdir. Inditex guruhining portfeliga Zara, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Oysho, Pull&Bear, Zara Home kabi brendlar kiradi.

Guruh do‘konlarining umumiy savdo maydoni 8 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, faqat Zara do‘konining o‘zi 3 ming kvadrat metrni egallaydi, bu esa tashrif buyuruvchilarga eng zamonaviy kiyim va aksessuarlarni tanlash imkoniyatini beradi.

Toshkentga 14 ta ekranli zallarni o‘z ichiga olgan O‘zbekistondagi birinchi IMAX va Dolby Atmos zallari, shuningdek, 3 ta VIP auditoriyali va laundjli kinopleks sovg‘a bo‘ladi. 

Shunday qilib, barcha premeralarni Tashkent City Mall'da yangi hissiyotlar va betakror servis bilan tomosha qilishingiz mumkin.

SKY PARK ko‘ngilochar parklar tarmog‘i tomonidan aynan Tashkent City Mall uchun yangi konsepsiya ishlab chiqilgan va u o‘z ichiga faol o‘yin-kulgi turlari va VR (virtual reallik) attraksionlarining unikal kombinatsiyasini qamrab oladi.

Yirik ijarachilar qatorida 6 ming kvadrat metr maydonini egallaydigan gipermarket galmart esa sifatli mahsulotlarning keng assortimentini, shu jumladan gipermarket tomonidan ishlab chiqarilgan eksklyuziv mahsulotlarni taklif etadi.

2,5 ming kvadrat metrga joylashuvchi Sportmaster do‘konining ochilishi esa sport va faol dam olishga mo‘ljallangan mahsulotlar tanlovi kengayishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari savdo markazining ijarachilari ro‘yxatida O‘zbekiston bozorida shu kungacha taqdim etilmagan yirik brendlar o‘rin olgan. Jumladan, Diesel, Peserico, Sandro, Maje, Zadic&Voltaire, OVS, Nautica, Converse, Under Armour, Reebok, NewYorker, MAC va boshqalar. Ushbu ro‘yxat kengayishda davom etyapti.

7 Saber, BeFit, SAADI, Dildora Kasimova va boshqa bir qator O‘zbekiston brendlari loyihada ishtirok etayotganini alohida qayd etish lozim. O‘z segmentlarida mahalliy bozor yetakchilari sifatida ularning barchasi, shubhasiz, Tashkent City Mall takliflar to‘plamida munosib o‘rin egallaydi.

120 dan ortiq ijarachilar allaqachon o‘z do‘konlarida ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda va ularning soni har kuni o‘sib bormoqda.

Brendlar o‘zlarini loyihada munosib namoyish etishlari muhim, ularning aksariyati uchun bu O‘zbekiston bozoridagi debyut va biznesning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan birinchi taassurotga bog‘liq bo‘ladi.

Shu sababli, ijarachilar, hatto juda taniqli bo‘lganlar ham o‘zlarining konsepsiyalarini yaxshilaydilar, noyob dizaynlarni ishlab chiqadilar va ochilish uchun flagman do‘konlarini tayyorlaydilar.

Ushbu yondashuv qo‘shimcha vaqt talab qiladi, ammo buning natijasida savdo markazining mehmonlari ulardan ko‘proq manfaat olishadi.

Kutish uchun uzoq vaqt qolmadi, aksariyat brendlar oktabr oyida ta’mirlash ishlarini yakunlashlarini tasdiqladilar.

Shunday qilib, ijarachilarning tayyorgarlik rejalariga asoslanib, Tashkent City Mall o‘z eshiklarini shu yilning noyabrida ochishni rejalashtirmoqda.

Tashkent City Mall veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring.

Telefon: +998(95) 024 77 77

Veb sayt | e-mail | Instagram | Facebook

Mavzuga oid