Davlat veterinariya inspektorlarining obektlarga moneliksiz kirish bo‘yicha vakolatlari qisqartirildi
Prezident tomonidan “Veterinariya to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun imzolandi.
Hujjat veterinariya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy ta’lim tizimini yaratish, mazkur sohada faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
“Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga aylantirildi.
Bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlarining veterinariya nazorati obektlariga moneliksiz kirish bo‘yicha vakolatlari qisqartirilmoqda. Endi ular ushbu obektlarga qonunchilikda belgilangan tartibda kirishlari mumkin.
Mavzuga oid
16:16 / 29.11.2024
«Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonun imzolandi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024