O‘zbekiston | 11:44 / 29.08.2023
4575
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi

Bitimlar 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston hamda Qatar hukumatlari o‘rtasida quyidagi bitimlar tasdiqlandi:

  • investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi;
  • daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi.

Mazkur bitimlar 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Mavzuga oid