O‘zbekistonga o‘rta masofaga parvoz qilish uchun mo‘ljallangan yangi samolyot olib kelindi
Navbatdagi Airbus A320neo Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parkini to‘ldirdi.
O‘rta masofaga parvoz qilish uchun mo‘ljallangan avialayner uzoq muddatli lizing asosida China Aircraft Leasing Group Holdings Limited (CALC) kompaniyasidan sotib olingan. 168 o‘ringa mo‘ljallangan Airbus A320neo Kuala-Lumpurdan Toshkentga Uzbekistan Airways’ning an’anaviy livreyasida yetib keldi. Havo kemasi milliy aviatashuvchi va CALC lizing kompaniyasi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib, Airbus A320neo turdagi havo kemalari o‘rta masofali laynerlar orasida eng mashhur va yaxshilaridan biridir. Oldingi avlod avialaynerlariga nisbatan karbonat angidrid chiqarish darajasi 50 foizga kamaytirilgani tufayli samolyot raqobatchilari orasida eng ekologik toza sanaladi.
Milliy aviakompaniya yangi havo kemasidan Toshkent shahri va viloyatlardan amalga oshiriladigan aviaqatnovlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
20:35 / 05.12.2024
Airbus mudofaa-kosmik bo‘linmasidagi 2 ming ish o‘rnini qisqartiradi
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024