Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Muhandislik maktabi” yo‘nalishida sirtqi ta’lim shakli ochildi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Muhandislik maktabi” ichiga kiruvchi barcha yo‘nalishlar uchun sirtqi ta’lim shakli ochildi.
Agar siz zamonaviy laboratoriyalarda yangi ixtirolar qilishni, iqtidorli do‘stlar davrasida rivojlanishni istasangiz imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Endilikda abituriyentlar O‘zBMB agentligi (DTM) imtihonlarida to‘plangan ball yoki suhbat asosida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Muhandislik maktabi” ichiga kiruvchi barcha yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim shaklida o‘qishlari mumkin.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishi va bir yillik shartnoma narxi quyidagicha etib belgilandi:
- Mexatronika — 9 900 000;
- Elektrotexnika — 9 900 000;
- Mashinasozlik texnologiyasi — 9 900 000;
- Lift muhandisligi — 9 900 000;
- Axborot tizimlari muhandisligi — 13 000 000;
- Muqobil energiya — 9 900 000;
- Arxitektura va shaharsozlik — 13 000 000.
Shuningdek, universitetda bakalavr davrida o‘tiladigan fanlar, yo‘nalish tasnifi va qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.
Quyidagi hujjatlarni universitetga olib kelishingiz so‘raladi:
Pasport nusxasi (rangli);
Maktab / litsey / kollej / attestat/diplomining nusxasi (rangli);
DTM test natijalarini tasdiqlovchi hujjat (agar bo‘lsa);
Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy.
To‘liq ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam – 144, 165)
Lisenziya: 044527
Telegram | Instagram | Facebook |
Reklama
Mavzuga oid
19:00 / 01.12.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda
17:00 / 04.11.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yaponiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
19:00 / 28.08.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda
15:00 / 27.05.2024