O‘zbekiston | 07:20 / 02.09.2023
4601
2 daqiqa o‘qiladi
Avgustda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Avgust oyida eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzon palov esa Farg‘ona viloyatida tayyorlangan.
O‘zbekistonda avgust oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum bo‘ldi.
Davlat statistika agentligi hududlar kesimida palov narxini taqdim etdi.
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari (2023 yil avgust oyi uchun) 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 20 800 so‘m;
- Andijon viloyati – 22 400 so‘m;
- Buxoro viloyati – 25 200 so‘m;
- Jizzax viloyati –23 200 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 25 400 so‘m;
- Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;
- Namangan viloyati – 19 800 so‘m;
- Samarqand viloyati – 25 200 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 25 000 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 23 200 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 800 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 19 500 so‘m;
- Xorazm viloyati – 22 800 so‘m;
- Toshkent shahri – 29 000 so‘m.
Avgust oyida eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzon palov esa Farg‘ona viloyatida tayyorlangan.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024