Jahon | 22:56 / 02.09.2023
19419
1 daqiqa o‘qiladi

Singapurda yangi prezident saylandi

Tharman Shanmugaratnam davlatning yangi rahbari bo‘ladi.

Foto: JASON QUAH

Singapur bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Tharman Shanmugaratnam mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 70,4 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Uning saylovdagi raqiblari Ng Kok Song va Tan Kin Lian mos ravishda 15,72 foiz va 13,88 foiz ovoz to‘pladi. Saylovda jami 2,48 milliondan ortiq singapurlik ovoz berdi.

Tharman Shanmugaratnam 1957 yilda tug‘ilgan, Xalq harakati partiyasi vakili. Kasbi iqtisodchi bo‘lgan Tharman butun mehnat faoliyatini Singapur davlat xizmatlarida o‘tkazgan va asosan iqtisodiy-ijtimoiy siyosat bilan bog‘liq lavozimlarni egallagan.

Mavzuga oid