O‘zbekiston | 14:06 / 02.09.2023
9669
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington meri 1 sentabrni AQSh poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi kuni deb e’lon qildi

Foto: Dunyo

O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan Vashington shahri meri Muriyel Bauzer 2023 yil 1 sentabrni AQSh poytaxtida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi kuni” deb rasman e’lon qildi.

“Dunyo” xabariga ko‘ra, istiqlolning 32 yilligi bilan qabul qilingan deklaratsiyada AQSh poytaxti meri O‘zbekistonda Mustaqillik kunining ahamiyati ta’kidlanib, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini ta’kidlagan. 

Shahar meriyasi O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, shaxslararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ikki davlat o‘rtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Qo‘shma Shtatlar poytaxti Vashington 1791 yilda tashkil etilgan va Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington nomi bilan atalgan. Vashingtonda federal hukumatning barcha uch bo‘limining asosiy idoralari, jumladan, AQSh prezidentining Oq uydagi qarorgohi, ko‘plab yodgorliklar va milliy ahamiyatga ega muzeylar joylashgan. 

Mavzuga oid