O‘zbekiston | 07:15 / 02.09.2023
7644
1 daqiqa o‘qiladi

Yotoqxona to‘lovida ayrim talabalarga imtiyoz berilishi mumkin

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari kengashi belgilaydi.

Foto: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi - ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar); mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi - umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari; vazifasini namunali bajarayotgan talabalar kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

Mavzuga oid