Sport | 19:38 / 04.09.2023
18600
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya va Eron klublari 7 yillik tanaffusdan keyin yana bir-birining maydonida o‘ynaydigan bo‘ldi

Saudiya hamda Eron klublari endilikda OFK doirasidagi o‘yinlarda bir-birining maydonida o‘ynay oladi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi rasman e’lon qildi.

Foto: Tribuna.uz

2016 yildan buyon ikki davlat jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar neytral maydonda o‘tkazilar, bunga Saudiya va Eron o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar murakkablashgani sabab edi. O‘tgan yildan boshlab ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilangach, OFK ortiq o‘yinlarni neytral maydonda o‘tkazishga asos yo‘q deb topgan.

OFK xabarida aytilishicha, Saudiya va Eron futbol ittifoqlari bu borada o‘z roziligini bildirgan. Endi eronlik va saudiyalik muxlislar o‘z jamoalarining ushbu mamlakatdagi mehmon o‘yinlarini kuzatishida ham muammo bo‘lmaydi.

Mavzuga oid