O‘zbekiston | 07:55 / 06.09.2023
10420
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkita OTMga yangi rektorlar tayinlandi

O‘zbekistonda ikkita oliy ta’lim muassasasiga yangi rektor tayinlandi.

Rivojiddin Karimov Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori lavozimida, Shavkat Hasanov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori lavozimida ish boshladi.

Rivojiddin Karimov 1977 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 1999 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr, 2006 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi – lingvistika (ingliz tili). Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

Shavkat Hasanov 1974 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. 2006 yilda iqtisod fanlari nomzodi, 2017 yilda esa iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajalari hamda 2011 yilda dotsent, 2022 yilda professor ilmiy unvonlariga erishgan. 

Sh.Hasanov 2020 yil sentabr oyidan Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Mavzuga oid