Toshkent va Sietl birodarligiga 50 yil to‘ldi
1973 yil 2 iyun kuni Toshkent shahrida AQShning Sietl shahri meri Jon Cheymbers va Toshkent shaharboshisi Vohid Kozimov ikki shahar o‘rtasida birodarchilik o‘rnatilishi haqidagi bitimga imzo chekishgan edi.
Shu kundan iborat Toshkent va Sietl o‘rtasida yaqin do‘stona munosabat o‘rnatildi; shahar ma’muriyati, tadbirkorlar va xususiy shaxslar o‘rtasida aloqalar o‘rnatib kelinmoqda.
Toshkent va Sietl birodarchilik aloqalari o‘rnatilganiga 2023 yilda 50 yil bo‘ldi.
Joriy yil iyunida Toshkentdan Sietlga delegatsiya safari amalga oshirildi, u yerda Sietl-Toshkent birodarchiligi uyushmasi tashkil etgan yubiley tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bunga javoban shu kunlarda sietlliklar Toshkentda bo‘lishdi. Hokimiyat va jamoatchilik ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi.
Birodarchilik tarixi
1971 yili Alaska Airlines (AQSh) aviakompaniyasi uch sovet shaharlari – Toshkent, Irkutsk va Sochi shaharboshilarini Sietlda joylashgan o‘z shtab-kvartiralariga taklif qildi, maqsad – Sovet Ittifoqiga yangi reyslarni tashkil qilish edi. Sietl meri Ves Ulman va Toshkent raisi Husniddin Asomov uchrashuvi shunda yuz bergan edi.
1972 yilda Ulman Asomovga xat yozib, Toshkent va Sietl o‘rtasida birodarchilik aloqalari o‘rnatish to‘g‘risida rasmiy taklif bilan chiqdi. Toshkentning o‘sha paytdagi shaharboshisi Vohid Kozimov bu taklifni qabul qildi va javob maktubida “Sietl bilan doimiy do‘stona va ishchanlik aloqalarini o‘rnatish biz uchun sharaf” deya yozdi.
1973 yili Sietl shahri kengashi Toshkentni birodar shahar sifatida tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi: Jon Chembers va mashhur tadbirkor Xyu Smit Kozimov bilan Toshkent shahrida o‘zaro kommyunikeni imzolashdi. 1974 yil aprelida Toshkentga birinchi delegatsiya tashrif buyurdi, iyunda javob safar uyushtirildi. Sietl markazida Toshkent bog‘i ochildi.
1988 yil yozida Sietl va boshqa o‘nta shtatdan kelgan 175 nafar ko‘ngilli, bir necha yuz toshkentlik ishchilar bilan birga, Tinchlik bog‘i yaratish ustida ishlashdi. Bu bog‘ avvaliga Moskvada barpo etilishi ko‘zda tutilgan edi, ammo Toshkent lozim topilgan. “Yonma-yon turib daraxt ekadigan kishilar bir-biriga dushman bo‘lmaydi. Ammo biz ko‘prog‘ini istaymiz. Biz abadiy do‘st bo‘lishni istaymiz”, – degandi o‘shanda Toshkent shahri hokimi Shukrullo Mirsaidov.
Bu yillar oralig‘ida yuzlab turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Sietllik haykaltarosh Richard Bayyer Tinchlik bog‘iga 6 metrlik skulpturani sovg‘a qildi, Toshkent esa javob tarzida Sietldagi bog‘ga Yakov Shapironing “Humo qushi” skulpturasini hadya etdi.
Amerika delegatsiyasi vakillari, volontyorlar va Toshkent jamoatchiligi vakillari Tinchlik bog‘i kelajak avlodlar uchun saqlab qolinishiga umid bildirdilar, chunki u – birodar shaharlar do‘stiligining muhim ramzi.
Shokir Sharipov
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024