Prezident maxsus vakili Germaniya delegatsiyasi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili Germaniyaning Bergxof jamg‘armasi delegatsiyasi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Germaniyaning Bergxof jamg‘armasi Afg‘oniston, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari Basir Feda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi. Ushbu mamlakatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligi qayd etildi.
Jamg‘arma vakillari O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini alohida ta’kidladi.
Bundan oldin Ismatulla Ergashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari Bxavik Shah bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024