Sport | 04:42 / 10.09.2023
48525
3 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi

Foto: O‘FA

FIFA kunlarida AQShda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. «Yuventus» vingeri Timoti Vea tezkor goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rikardo Pepi va Kristian Pulishich ham to‘p kiritishdi. 

E’tiborlisi, 87-daqiqada Hojiakbar Alijonov jarohat olib maydonni tark etgach, zaxira imkoniyati qolmagan uchun O‘zbekiston 10 kishi bo‘lib qoldi va hisob yirik ko‘rinish oldi. Aslida esa hisob o‘yinga mos bo‘lmadi. O‘yinda «oq bo‘rilar» sardori Eldor Shomurodov ikki bor birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, Hojiakbar Alijonov uzoq masofadan bir necha bor xavfli zarbalar yo‘lladi. 

Srechko Katanets jamoasi AQShda yana bir o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Raqib — qit’a chempioni Meksika. O‘yin 13 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:30da boshlanadi. 

O‘rtoqlik o‘yini
AQSh — O‘zbekiston 3:0

9 sentabr. Sent-Luis. «City Park» stadioni
Gollar: Timoti Vea (4), Rikardo Pepi (90+1), Kristian Pulishich (90+5, penalti). 
AQSh — Mett Tyorner, Serjino Dest, Kris Richards (Mark Makkenzi, 64), Entoni Robinson (Kristofer Lund, 81), Yunus Musa, Uyeston Makkenni (Malik Tillman, 81), Kristian Pulishich, Tim Rim, Luka de la Torre (Tanner Tessmann, 35), Folarin Balogun (Rikardo Pepi, 46), Timoti Vea (Brenden Aaronson, 64).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev (Aziz Turg‘unboyev, 68), Rustam Ashurmatov (Aziz G‘aniyev, 68), Otabek Shukurov, (Jamshid Iskanderov, 82), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abror Ismoilov, 86), Oston O‘runov (Sherzod Nasrullayev, 67), Eldor Shomurodov (Bobur Abduxoliqov, 82), Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov.
Ogohlantirishlar Kris Richards (49), Hojiakbar Alijonov (63).

Mavzuga oid