O‘zbekiston | 07:53 / 11.09.2023
6150
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasida ta’lim olayotgan talabalar Mazda korporatsiyasida amaliyot o‘taydi

O‘zbekiston diplomatlari Yaponiyaning Xirosima shahrida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: akab.kz

O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasi 6-7 sentabr kunlari Yaponiyaning Xirosima prefekturasiga amaliy tashrif bilan bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Safar davomida Xirosima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yuzaki, Xirosima shahri meri Kadzumi Matsui, shuningdek, Mazda Motor Corporation, Molten Corporation, Balcom Group va Kunugi Co.Ltd kompaniyasi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xirosima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yuzaki bo‘lib o‘tgan muloqotda u ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, turizm, ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. 

Xirosima shahri meri Kadzumi Matsui bilan kechgan muloqot davomida, mer Xirosimada mamlakatning targ‘ibot dasturlari va tadbirlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi.

Bundan tashqari, mamlakat diplomatlari Mazda Motor Corporation avtomobil korporatsiyasining xalqaro hamkorlik departamenti direktori Akira Ikemoto bilan uchrashdi. Unda mamlakatda avtomobilsozlik sohasida ta’lim olayotgan talabalarning ushbu kompaniyada amaliyot o‘tashi va tajriba almashish uchun malaka dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Balcom Group kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda davomida kompaniya tomonidan Toshkent shahrida «Markaziy bog‘ni modernizatsiya qilish» loyihasining amalga oshirilish holati xususida fikr almashildi. Loyihani hayotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid