O‘zbekiston | 20:03 / 11.09.2023
11452
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda mingdan ortiq tuvaloq qushi tabiatga qo‘yib yuborildi 

O‘zbekistonda bu noyob qushlarni maxsus pitomniklarda ko‘paytirib, tabiatga qo‘yib yuborish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi va Falcon hunting solutions kompaniyasi tomonidan 1002 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushi Qo‘ng‘irot tumanidagi «Borsa-kelmas» va «Jasliq» hududlariga qo‘yib yuborildi. 

Tuvaloq yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush hisoblanadi va O‘zbekiston Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. 

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2017 yildan bugunga qadar jami 15 ming 753 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga uchirilgan. 

Yo‘rg‘a tuvaloq respublikada asosan Qizilqum cho‘li, O‘zbekistondan tashqarida Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, G‘arbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda uyalaydi. 

Cho‘llarga bahorga yaqin uchib keladi. Har biri ikki, uch donadan tuxum qo‘yadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi. 

O‘zbekistonda bu noyob qushlarni maxsus pitomniklarda ko‘paytirib, tabiatga qo‘yib yuborish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid