O‘zbekiston | 10:12 / 13.09.2023
18710
2 daqiqa o‘qiladi

Amudaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sabir Xojametov Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.

Foto: joqargikenes.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, joriy yilning 12 sentabr kuni Amudaryo tumani xalq deputatlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rildi. Sabir Xojametov Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagani ma’lum qilindi.

Sabir Xojametov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Sabir Xojametov

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Unda Amudaryo (Sultonboy Yo‘ldoshev), Qo‘rg‘ontepa (Elyorbek Nabijonov), Buxoro (Xayrullo Jo‘rayev), Mirishkor (Sherali Sanayev), Chiroqchi (Nodir Erkayev), Xatirchi (Sayfiddin Nizomov), Payariq (Zafar Ergashev), Oqoltin (Dilmurod Fozilov), Guliston (Saydimqul Begimqulov), Oqqo‘rg‘on (Alisher Karimjonov) tumanlari, Navoiy (Muratxan Egamqulov) va Yangiyo‘l (Farhod Mirzayev) shaharlarida investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi. Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Mavzuga oid