Sport | 07:25 / 13.09.2023
23848
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston KONKAKAF chempioni Meksika bilan jangovar durang qayd etdi

O‘zbekiston milliy jamoasi AQShdagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini KONKAKAF chempioni Meksikaga qarshi o‘tkazib, gollarga boy bahsda durangga erishdi. 

Foto: O‘FA

Birinchi bo‘limda Bobur Abduholiqov boshi bilan, Aziz Turg‘unboyev qarshi hujumda to‘p kiritdi. 90+2-daqiqada esa Otabek Shukurov jarimadan supergol urib, hisobning 3:3 bo‘lishini ta’minladi. Raqiblardan himoyadagi xatolardan foydalangan Raul Ximenes dublga erishdi, Uriel Antuna ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanets jamoasi okeanortidagi dastlabki o‘rtoqlik bellashuvida mezbon AQShga yirik hisobda (0:3) yutqazgandi.

O‘rtoqlik o‘yini
Meksika — O‘zbekiston 3:3

13 sentabr. Atlanta. «Mersedes-Bens» stadioni
Gollar: Raul Ximenes (21, 80), Uriel Antuna (88) — Bobur Abduholiqov (18), Aziz Turg‘unboyev (45+1), Otabek Shukurov (90+2). 
Meksika — Ochoa, K.Alvares, Vaskes, Sepulveda, Angulo (Galyardo, 46), E.Alvares (Romo, 58), Rodriges, Pineda (Kortizo, 46), Huerta, Alvarado (Antuna, 58), Ximenes.
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abror Ismoilov, 77), Aziz Turg‘unboyev, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullayev, Bobur Abduholiqov (Oston O‘runov, 70) Dilshod Saitov (Sherzod Nasrullayev, 46) Husniddin Aliqulov.
Ogohlantirishlar: (26), Aliqulov (38), Sepulveda (54), Kortizo (76), Nasrullayev (87).

Mavzuga oid