Ijodning siyosatdan ustunligini isbot etib ketgan hofiz - Sherali Jo‘rayev shaxsiyatiga chizgilar
Har safar bu dunyodan ko‘z yumib, chin dunyoga rihlat qilgan insonlar haqida o‘ylarkansiz, shoir, dramaturg va adabiyotshunos Maqsud Shayxzodaning quyidagi to‘rtligi esga tushadi:
Umrlar bo‘ladi,
Tirikligida o‘likdir.
O‘limlar bo‘ladiki,
O‘lgan odam tirikdir.
Shoir aytmoqchiki, yuz yil umr ko‘rib ham savob ish qilmagan, o‘zidan keyin iymon-e’tiqodli farzand, shogirdlar qoldirmagan, el-u yurt, xalqiga foydali amallar qilmagan, bitta nihol ekmagan insonlar ko‘p bo‘ladi.
Lekin yana shunday insonlar bo‘ladiki, ular berilgan umrni savob ishlarga bag‘ishlaydi, faoliyati, ulkan ijodi va o‘lmas asarlari bilan dunyodan ko‘z yumgach ham insonlar qalbida abadiy tirik yashaydi.
Milliy qo‘shiqchilik san’atining atoqli namoyandasi, ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘rayev o‘zining 77 yillik umri davomida qilgan ezgu amallari, ko‘p yillik samarali ijodi va o‘zbek milliy qo‘shiqchiligida yaratgan o‘z ijodiy maktabi bilan insonlar qalbida o‘chmas iz qoldirdi.
Kun.uz hofizning yaqinlari, safdoshlari, shogird va muxlislari ishtirokida Sherali Jo‘rayev xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv suratga oldi. Quyida ushbu ko‘rsatuvni tomosha qilishingiz mumkin.
Muallif:
Ilyos Safarov
Tasvirchilar:
Abduqodir To‘lqinov,
Shohruzbek Abdurayimov,
Nuriddin Nursaidov.
Montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov.
Mavzuga oid
20:24 / 22.11.2024
2025 yilda madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasi xodimlari ish haqi oshiriladi
14:45 / 18.11.2024
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
16:05 / 12.09.2024