O‘zbekiston | 07:36 / 15.09.2023
3471
2 daqiqa o‘qiladi

Aholiga 3,2 mlrd so‘m miqdordagi sifatsiz dorilar sotilishining oldi olindi - Bosh prokuratura

Inson hayotiga hamda sog‘lig‘iga xavf soluvchi kontrafakt va sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq 434 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 23,4 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lgan yaroqsiz mahsulot muomaladan olib qo‘yildi.

Aholiga 3,2 mlrd so‘m miqdordagi sifatsiz dorilar sotilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov ma’lum qildi.

Shu bilan bir qatorda, kuchli ta’sir qiluvchi, narkotik hamda psixotrop moddalarni saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq fosh etilgan 90 ta jinoyat ishi doirasida 423 mln so‘mlik dorilar noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining himoyasi, biznesni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida ular faoliyatiga noqonuniy aralashish, huquq va manfaatlarini qo‘pol ravishda buzish bilan bog‘liq 181 ta jinoyatga chek qo‘yildi.

Inson hayotiga hamda sog‘lig‘iga xavf soluvchi kontrafakt va sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq 434 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 23,4 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lgan yaroqsiz mahsulot muomaladan olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, 1 515 ta tadbirkorlik sub’yektiga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilib, natijada 3 157 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mavzuga oid