Sport | 19:39 / 15.09.2023
23706
1 daqiqa o‘qiladi

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston U17 jamoasi Ispaniya bilan bir guruhda

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a oldidan ishtirokchi jamoalar 4ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 jamoasi 3-savatchadan o‘rin olgandi. Braziliyalik sobiq darvozabon Julio Sezar ishtirok etgan qur’a qur’a jarayonida Jamoliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlari Ispaniya, Mali va Kanada bilan «B» guruhidan joy oldi.

Indoneziyaga topshirilgan turnir 2023 yilning 10 noyabr – 2 dekabr kunlari o‘tkaziladi. 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa 1/8 finalga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Rahmatullayev murabbiyligidagi o‘smirlarimiz yozda Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi U17 chorakfinalida Saudiya Arabistonini mag‘lub (2:0) etib, JCh U17ga yo‘llanma olgandi.

O‘zbekiston U17 jamoasi guruh bosqich o‘yinlari taqvimi bilan tanishing:

Mavzuga oid