Iqtisodiyot | 08:20 / 19.09.2023
18757
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi avgust oyida o‘sishda davom etdi

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil avgust oyida 1110 birlikni tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 11,0 foizga oshgan. 

Markaz xabariga ko‘ra, komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan:

xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 4,9 foizga oshgan;

faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,2 foizga oshgan.

Bundan tashqari, tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 4,8 foizga sezilarli oshgan. Tovar belgilari bo‘yicha komponent 3,5 barobarga oshgan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Mavzuga oid