O‘zbekiston | 09:57 / 20.09.2023
5614
2 daqiqa o‘qiladi

112 yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati barcha hududlarda tashkil etilishi kutilyapti 

Bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Foto: Getty Images

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi: 

2024 yil 1 yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi; 

2024 yil 1 iyundan respublika hududidagi yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;

2024 yil 1 sentabrdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.

Shoshilinch tezkor xizmatlar bo‘yicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash bo‘yicha 112 yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

2023 yil 1 noyabrdan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oshiriladi.

2024 yil yakunigacha magistral telekommunikatsiya tarmog‘i va aholi yashash maskanlarida qo‘shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.

Mavzuga oid