Jamiyat | 21:25 / 20.09.2023
12812
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning soni 18 ming 417 nafarga yetgan

O‘zbekistonda pensiya yoshidagi aholi soni 4 mln 82,2 ming kishini tashkil etadi. Shundan 2 mln 587,8 ming nafari ayollar(63,4 foiz), 1 mln 494,4 mln nafari(36,6 foiz) erkaklar.

Foto: Getty Images

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning soni 18 ming 417 nafarga yetgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya miliiy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda pensiya yoshidagi aholi soni 4 mln 82,2 ming kishini tashkil etadi. Shundan 2 mln 587,8 ming nafari ayollar(63,4 foiz), 1 mln 494,4 mln nafari(36,6 foiz) erkaklar.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar soni pensiya yoshidagi umumiy keksakar soniga nisbatan olinganda eng yuqori ko‘rsatkich Namangan(1,1 foiz), Andijon(0,7 foiz), Surxondaryo(0,7 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida(0,7 foiz) kuzatilgan.

“Tizimdagi eng katta muammolardan biri bu yolg‘iz keksalar bo‘yicha aniq ma’lumotlarning yo‘qligi bo‘lib qolmoqda. Turli idoralar tomonidan yuritiladigan ma’lumotlar bazasi o‘rtasida nomutanosibliklar mavjud bo‘lib, bazalarga ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilishi holatlari ham uchrab turadi”, deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq, joriy yil yakunigacha pensiyalar miqdorini inflatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid