Jahon | 09:28 / 21.09.2023
5366
1 daqiqa o‘qiladi

Marokash zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 11 mlrd dollar sarflaydi

Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarni tiklash dasturini amalga oshirish uchun 120 milliard dirham (taxminan 11,69 milliard dollar) kerak bo‘ladi. 

Foto: AP /Mosa'ab Elshamy

Marokash hukumati halokatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 11 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda

Bu haqda qirollik saroyi idorasiga tayanib, Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash dasturini amalga oshirish uchun 120 milliard dirham (taxminan 11,69 milliard dollar) kerak bo‘ladi. 

Marokashda 8 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 

Kuchli silkinishdan keyin yuzlab aftershoklar qayd etildi, ularning eng kuchlisi 6 magnitudali bo‘ldi. 

Marrakesh hududidagi zilzila mamlakat tarixida so‘nggi yuz yildagi eng kuchlisi bo‘ldi, deb xabar berdi Marokash Milliy geofizika instituti. 

Mavzuga oid