O‘zbekiston | 10:53 / 21.09.2023
9750
2 daqiqa o‘qiladi

«Tarvuzni muzlatish uchun sarflanayotgan suv» - Inkuzart navbatdagi suratini chizdi

Poytaxt ko‘chalaridan birida yangi strit-art paydo bo‘ldi. 

Foto: Videodan kadr

Inkuzart taxallusi bilan tanilgan ko‘cha rassomi Toshkent ko‘chalaridan birida yangi surat chizdi. Uning bu galgi ishi suv sarfi bilan bog‘liq.

Rassom bino devorining burchagida 2 qismdan iborat rasm chizgan. Devorning bir tarafida ichimlik suvi tarvuz muzlatish uchun oqizib qo‘yilgan, ikkinchi tarafdagi suratda esa yosh bola shu oqib kelayotgan suvni egilib ichayotgani tasvirlangan, suv esa tilla rangda.

Eslatib o‘tamiz, rassom 2022 yil aprelida Toshkent shahridagi Aksilkorrupsiya agentligi binosi devoriga — Pora orqalagan «Shum bola» suratini chizgan va bu jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgandi

Shuningdek, muallifning bungacha bir qancha ko‘cha suratlari o‘chirib ham tashlangandi. Xususan, 2021 yil centyabrida avtosanoat monopoliyasi va uzun navbatlarga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib yuborilgan. 2021 yil noyabrda oyida benzin narxi oshishi tanqid qilingan ko‘cha surati yo‘q qilingandi. 2022 yil fevral oyida esa Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining buyrug‘i bilan Eynshteyn portreti va uning formulalari aks etgan devor bo‘yab tashlangandi.

Mavzuga oid