Kam ta’minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
Ayni paytgacha 84 714 nafar iste’molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.
Joriy yil 1 maydan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, mol go‘shti, tuxum hamda o‘simlik yog‘i) sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga 12 foiz QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.
Ayni paytgacha 84 714 nafar iste’molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berilgan.
Xususan:
- may oyi uchun 22 159 nafar fuqaroga 1,1 mlrd so‘m;
- iyun oyi uchun 30 613 nafar fuqaroga 1,3 mlrd so‘m;
- iyul oyi uchun 31 942 nafar fuqaroga 1,2 mlrd so‘m.
Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.
Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.
Mavzuga oid
10:23 / 13.12.2024
Import qilishda QQSni o‘zaro hisobga olish tartibini qo‘llash kengaytirildi
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024
XMT loyihalariga yetkazilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQS qaytariladi
07:53 / 04.09.2024