Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va xalqini bo‘lajak Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
22 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, “Xorazm-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda. Energetika va transport sohalaridagi kooperatsiya mustahkamlanmoqda. Oktyabr oyida poytaxtda Turkmaniston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan amaldagi ko‘p tomonlama formatlar doirasida kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Telefon muloqoti yakunida davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va xalqini bo‘lajak Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Mavzuga oid
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024
1 yanvardan boshlab yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi
16:14 / 17.12.2024
Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
22:53 / 16.12.2024