FAO O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun maxsus avtomobillar topshirdi
FAO O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 8 ta maxsus jihozlangan Toyota Hilux avtomobilini topshirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashishni yanada yaxshilash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga 8 ta maxsus jihozlangan Toyota Hilux avtomobilini topshirdi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi uchun chigirtkalar jiddiy xavf tug‘dirayotganini ko‘pchilik ham bilmaydi. Ekinlarni yo‘q qilish orqali zararkunandalar hosil miqdori va sifatini pasaytirishi, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashni xavf ostida qoldiradi.
Bundan tashqari, chigirtkalar bosqini qishloq xo‘jaligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan fermerlarning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ushbu zararkunandalarga qarshi kurashish O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur ko‘mak FAO’ning «Markaziy Osiyoda chigirtkalarga qarshi kurashishni takomillashtirish (II bosqich)» mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024