O‘zbekiston | 11:26 / 27.09.2023
5915
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonidagi yo‘lning bir qismi beton to‘siqlar yordamida vaqtincha ikkiga ajratildi 

Haydovchilarni ogohlantiruvchi va ularga yo‘nalishlarni ko‘rsatuvchi hamda harakat xavfsizligini ta’minlaydigan tegishli belgilar o‘rnatilgan. 

Foto: Videodan kadr

Qamchiq dovonidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 221-kilometridagi Ohangaronsoy ko‘prigida ta’mirlash ishlari boshlandi.

Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan mazkur yo‘lning “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi vaqtincha yopilib, yo‘lning “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi beton to‘siqlar yordamida ikkiga ajratildi va ushbu tomonda qarama-qarshi yo‘nalishlar tashkil etildi. 

Haydovchilarni ogohlantiruvchi va ularga yo‘nalishlarni ko‘rsatuvchi hamda harakat xavfsizligini ta’minlaydigan tegishli belgilar o‘rnatilgan. 

Shuningdek, tungi vaqtda ham xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vaqtincha tashkil etilgan yo‘nalishlarga chiroqlar o‘rnatilib, yo‘nalish ko‘rsatuvchi belgilarni ham yoritish choralari ko‘rilgan. 

YHXX barcha haydovchilardan ko‘prik ta’mirlanayotgani sababli tashkil etilgan chora-tadbirlarni to‘g‘ri tushunishni, mazkur joydan harakatlanib o‘tishda tartibga soluvchilarning ishoralari, yo‘l belgilari va chiziqlar talablariga rioya etgan holda, tezlikni oshirmasdan, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ragan.

 

Mavzuga oid