O‘zbekiston | 22:19 / 28.09.2023
73588
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tabiiy va texnogen falokatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni ochiqlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2022 yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen falokatlar oqibatida 287 nafar inson halok bo‘lgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar 131 tani tashkil etgan. Oqibatda 287 nafar inson halok bo‘lgan, 297 nafari jabrlangan.

Shundan tabiiy xususiyatdagilari 55 tani, halok bo‘lganlar 127 nafarni, jarohat olganlar 88 nafarni tashkil etgan. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

Mavzuga oid