O‘zbekiston | 21:14 / 28.09.2023
11390
5 daqiqa o‘qiladi

Suv yetishmovchiligi: tomorqachi va fermer o‘rtasidagi muammolar qanday hal qilinishi kerak? - suv xo‘jaligi vaziri bilan intervyu

Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda suv yetishmovchiligi keskin kuchayib bormoqda. Bu muammo jumladan, tomorqachi va fermerlar o‘rtasida turli nizoli vaziyatlarni ham yuzaga keltirmoqdaki, undan ko‘p hollarda tomorqachilar jabr ko‘ryapti.

Kun.uz muxbiri tahririyatga shu mazmunda yuborilayotgan murojaatlarga asosan suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev bilan intervyu o‘tkazdi. Xo‘sh, tomorqachi va fermer o‘rtasidagi muammolar qanday hal qilinishi kerak?

— Bugun joylarda ekinga suv olish borasida shunday norasmiy tartib amal qilmoqdaki, unga ko‘ra, fermer va klaster egasi haftaning 5-6 kunida, tomorqachi esa  1 yoki 2 kun suvni oladi. Vazir sifatida ayting-chi, bu qanchalik to‘g‘ri tartib, aslida suv munosabatlari joylarda qanday hal qilinishi kerak?

— To‘g‘ri masala ko‘tarildi. Takomillashtirish kerak bo‘lgan narsa bu. Oldin sobiq ittifoq davridagiga o‘xshash tuman irrigatsiya bo‘limlari tiklandi bizda. Oldin bir tumanda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib qolsa suvga javobgar shaxs yo‘q edi. Quyi tizimni takomillashtirish uchun bo‘ldi bu tizim. Ilgari, deylik, bir qishloqning xo‘jaligi, fermerlari uchun suv masalalari bo‘yicha irrigatori bo‘lardi, keyinchalik yo‘q bo‘lib ketdi. Buning ortidan joylarda hamma o‘zicha tartib o‘rnatib olaverdi. Xarajatlar taqsimotida qanaqadir tartiblar o‘rnatib olishgan.

O‘tgan yili prezidentimiz shu masalaga alohida urg‘u berib o‘tdi. Xalqimizga ko‘maklashish maqsadida tomorqa xo‘jaliklari ham bizning qishloq xo‘jaligida ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak deb bizga vazifa berdi. Avvallari suvdan foydalanuvchilar uyushmasi bo‘lardi, suv va suvdan foydalanish bo‘yicha qonunni takomillashtirish jarayonida Suv iste’molchilari uyushmasiga aylandi va huquqiy maqom berildi. Va qator huquq va majburiyatlar belgilab berildi. Lekin ish jarayonida bu o‘zini oqlamadi. Shuning uchun o‘tgan 2022 yilda prezidentimiz 145-sonli qarori bilan quyi bo‘g‘inlarda suvni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha maxsus qaror chiqardi.

Fermer, klasterchilar va tomorqachilar o‘rtasidagi muammo yechimi bo‘yicha takomillashtirish ishlari hali oxiriga yetgani yo‘q. Lekin suv xo‘jaligi tizimidagi maxsus xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bor. Ular budjetdan oylik olmaydi, qilgan xizmatiga qarab fermer va aholidan pul olishi mumkin kelishilgan holda. Mana shu maxsus xizmat boshlig‘i tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari ham hisoblanadi. Ularga ish sharoitlari yaratilgan. Uslubiy rejalar, ish yuritish tomonidan irrigatsiya bo‘limi yordam beradi. Hozir fermer xo‘jaliklari soni ko‘paygan, tarmoqlar oshgan, shularning taqsimotini qilish katta bir masala. Lekin shunday bo‘lsa ham, prezidentimiz har bir tomorqa suv ichishi kerak, degan topshiriq bergan. Ular ham katta miqdorda mahsulot chiqaryapti bozorga. Maxsus xizmatni takomillashtirib borish kerak bo‘ladi. O‘tgan yili bu bo‘yicha 5,5 mingga yaqin xodim ishga olindi, shulardan 3 mingtasi mutaxassis xodimlar, qolgani talabga javob bermaydi. Vegetatsiya davri o‘tgach, shartnomani bekor qildik, 600 tachasi qoldi.

Bizga mablag‘ muammo bo‘lyapti hozir. Fermer, klasterlardan 35 foiz shartnoma puli tushgan. O‘zi maxsus xizmat xodimlariga 1,5 mln so‘m maosh yozilgan. Keyingi mavsumdan ularning faoliyati takomillashtirish harakatidamiz.

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

Ilyos Safarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.

Mavzuga oid