O‘zbekiston | 07:27 / 03.10.2023
13177
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahriga yangi prokuror tayinlandi 

Peshku tumani prokurori Buxoro shahriga prokuror bo‘ldi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Buxoro shahar prokurori tayinlandi

Sobir Sultonovich Qurbonov Buxoro shahar prokurori lavozimida ish boshladi. 

S.Qurbonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Peshku tumani prokurori lavozimida ishlagan. Undan avval u Qorovulbozor tumani prokurori bo‘lgan.

Shu vaqtga qadar Buxoro shahar prokurori lavozimida Ibrohim Asadovich Rasulov faoliyat olib borgan.

Ibrohim Rasulov Bosh prokuraturaning Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid